IN-BOUND ALMASHINUVI DASTURI
Ayni paytda Sarbon universiteti dunyoning 4 dan ortiq oliy taʼlim
muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik memorandumiga ega va ular bilan
talabalar almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻygan.
Quyida ariza berish tartiblari:
1. Murojaat individual asosda emas, balki o‘qiyotgan universitet
va qabul qiluvchi muassasada tayinlangan xodimlar o‘rtasida ko‘rib
chiqilishi kerak va nomzodi taqdim etilishi kerak.
2. Nomzod talabalar ariza topshirish muddati tugagunga qadar (30
iyun) [email protected] manzi orqali onlayn ariza topshirishadi
va bir vaqtning o‘zida quyidagi hujjatlarni yuklaydilar:
- Pasport nusxasi;
- Talabalik guvohnomasi;
- Universitetning rasmiy transkripti;
- Universitetning xalqaro idorasidan rasmiy tavsiyanoma;
- IELTS yoki TOEFL natijalari sertifikati nusxasi;
3 . Qabul qilish talablariga javob beradigan abituriyent Qabul
qilish to‘g‘risida rasmiy xat oladi.