Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 03/20-2/12-225-sonli xati,
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi
05/1-3053-sonli topshirigʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/25 son
farmoyishiga asosan ishlab chiqilib, tasdiqlangan
“Yashil makon”
umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt va buta
koʻchatlarini ekishning oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim
muassasalari kesimida “prognoz koʻrsatkichlari”ga asosan
universitetda bahor mavsumida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hasharda Sarbon universiteti xodimlari va talaba yoshlari
faol ishtirok etib , universitet hududidagi mavjud manzarali
daraxt va buta koʻchatlar oqlandi, tozalik ishlari olib borildi.













