Sarbon universiteti – Respublikamizdagi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, moliya,
biznes boshqaruvi, davlat va jamiyat boshqaruvi, filologiya,
tarix, psixologiya, xalqaro munosabatlar, arxitektura va
muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlovchi nufuzli nodavlat oliy
ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Universitet xalqaro standartlar asosida, xorijiy ta’lim
muassasalari tajribasiga tayangan holda faoliyat yuritadi. Ta’lim
jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib borilib, mashg‘ulotlar
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy
texnologiyalar va ilg‘or o‘quv materiallari asosida o‘tiladi.
Talabalar uchun zamonaviy o‘quv adabiyotlari va kompyuter
texnikalari bilan jihozlangan axborot resurs markazi, elektron
kutubxona, bookkafe, bufet va tibbiyot xonalari mavjud.
Universitet binosi to‘liq WiFi bilan qamrab olingan bo‘lib,
talabalar uchun internet resurslaridan foydalanish qulay sharoitda
tashkil etilgan.
Sarbon universitetida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar
tayyorlanadi:
-
Davlat va jamiyat boshqaruvi – davlat boshqaruvi tizimi,
siyosiy jarayonlar va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
-
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi – milliy
qadriyatlar, ma’naviyat va huquqiy bilimlarni shakllantirish
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
- Tarix – tarixiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish va
tadqiq qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
- Psixologiya – shaxs rivojlanishi, psixologik maslahat
berish va inson psixikasini tahlil qilish sohalarida yetuk kadrlar
tayyorlanadi.
- Xalqaro munosabatlar – xalqaro siyosiy jarayonlarni
tahlil qilish, diplomatiya va tashqi siyosat bo‘yicha
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.
-
Filologiya va tillarni o‘qitish – tilshunoslik va
adabiyotshunoslik bo‘yicha chuqur bilim berib, xalqaro darajadagi
mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
- Qurilish muxandisligi va arxitektura
– zamonaviy qurilish texnologiyalari, shaharsozlik, dizayn va
muhandislik sohalarida professional mutaxassislarni tayyorlaydi.
-
Kompyuter injiniringi, Dasturiy injiniring, Sun’iy intellekt,
Axborot xavfsizligi, Axborot tizimlari va texnologiyalari
– IT va texnologiyalar sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga
ega mutaxassislarni tayyorlaydi.
-
Biznesni boshqarish, Marketing, Buxgalteriya hisobi, Jahon
iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Bank ishi,
Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Iqtisodiyot
– iqtisodiyot va moliya sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashga
yo‘naltirilgan.
Universitet xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, talabalar uchun
ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va ularga xorijiy
universitetlar bilan hamkorlikda o‘qish imkoniyatlarini yaratish
maqsadida faoliyat yuritadi. Talabalar nazariy bilimlarini
amaliyotda mustahkamlash uchun yetakchi mahalliy va xorijiy
tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega. Shu bilan
birga, iqtidorli va akademik muvaffaqiyatga erishgan talabalar
turli grant dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.